Kalit so'z: ZAMONAVIY O‘QITUVCHI

ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILGAN TALABLAR

ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILGAN TALABLAR

Metodik yordam
Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratibbo‘lmaydi – bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Islom Karimov Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi inson va uning manfaatlari, uning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgandir. mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li asrlarga arzigulik mazmun va mohiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirishda va turmushda ro‘y berayotgan j