Muallif haqida

O`zim haqimda ma`lumot

Men Saparbayeva Gulzoda Rajabovna

1979-yilning 11- sentabr oyida tug’ilganman, millatim o’zbek, 1995-yili Urganch Davlat  universiteti “Padagogika va Boshlang'ich ta`lim” fakultetiga  kirib, 1999-yili oliygohni tugatganman. 1999-yildan 2000 -yilgacha Xorazm viloyati Shovot tumani 31-umumiy o’rta talim maktabida ish faoliyatimni boshladim.

2000 -yildan buyuon Xorazm viloyati Shovot tumani 46- umumiy o`rta ta`lim maktabida ish faoliyatimni davom ettirmoqdaman.

Hozirda   3 A-sinf o’quvchilariga raxbarlik qilib kelmoqdaman. Sinfimizdagi o’quvchilar  soni 34 nafar o’quvchi bo’lib, 14 nafari qiz, 20 nafari o’g’il bola . Ular maktab yaqinidagi Arbob, Paxtakor va Istiqbol mahallasida istiqomat qilishadi.

    Izlanuvchan va yangilikka intiluvchanligim sababli har bir darsini ilg`or pedagogik texnologiyaning turli usul va uslublaridan foydalangan holda o‘taman. Pedagogik ish faoliyatim davomida o‘quvchilarimni komil inson sifatida tarbiyalab, ularni ona zaminga mehr-muhabbatli, yurtga sadoqatli, Vatanga fidoiy farzandlar bo‘lib yetishishga undamoqdaman. O‘quvchilar qalbiga  shukronalik hissini singdirmoqdaman.

 Har bir darsini AKT dan foydalangan holda tashkil etib o‘tayotganligim bois  dars berayotgan  sinflarimda o‘quvchilar bilim samaradorligi har chorakda  yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelmoqda.

             U o‘quvchilarim o‘rtasida darsdan so‘ng tashkil etilgan  “Yosh matematiklar” to‘garagiga rahbarlik qilib, o‘quvchilarni matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga o‘zimning munosib va ulkan hissasamni qo‘shib kelayotgan sharafli kasb egasidirman.