ZAMONAVIY O‘QITUVCHIGA QO‘YILGAN TALABLAR

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratibbo‘lmaydi – bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim.

Islom Karimov

Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi inson va uning manfaatlari, uning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgandir. mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li asrlarga arzigulik mazmun va mohiyat kasb etmoqda.

Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirishda va turmushda ro‘y berayotgan jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiyo, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy yangilanishining muhim sub’ekti bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash muhim masalasi axamiyatiga ega.

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedogogik va axborot texnologiyalarni joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi.

Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishidir.

Ta’lim muassasasi o‘sib kelayotgan shaxsni o‘qitish jarayonida ularga ta’lim olish sharoitlarini yaratadi. O‘qituvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini shakllantirish hamda rivojlantirishning yo‘naltirilgan bo‘lishi o‘qituvchi ma’suliyatini yanada oshiradi.

Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z soxasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini pedagogik va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta’lim-tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini ochish hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Ta’lim muassasasi o‘qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo‘lishi lozim va u doimo “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Qanday o‘qitish kerak?” degan savollarga javob topishi zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim xususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Pedagogikaning muhim muammolaridan biri o‘qituvchining mutahassisligi va faoliyatining asosini tashkil etish shart bo‘lgan pedagogik jarayon nazariyasini ishlab chiqishdir.

Pedagoglar mutaxasislik bo‘yicha mavjud bilimlaridan tashqari o‘quv jarayoniga qadam qo‘yar ekanlar, pedagogik va psixologik bilimlar, texnologiya va o‘qitish metodikalariga doir zarur bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak. SHuning uchun ham, pedagoglarning malakasini oshirishda:

  • o‘qitish jarayoninig samaradorligini ta’minlovchi pedagogik malakalarni shakllantirish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, gumanitar bilimlarni anglashga yo‘naltirilgan yangi kasbiy tafakkurni shakllantirish;
  • o‘qituvchi faoliyatining metodologik asosi sifatida pedagogik bilimlar tizimini egallash;
  • o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatlariga yaqinlashtirilgan uslublar tizimi sifatidagi o‘qitish texnologiyasini egallash masalalari asosiy deb belgilanadi.

Asosiy maqsad. Respublikamizning ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog kadrlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga qo‘llay olishga o‘rgatish,shuningdek, ularga pedagogik mahorat sirlarini ochib berishdan iborat.

Zamonaviy o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar. O‘qituvchilar  o‘zlari o‘qitayotgan o‘quvchilarining ruxiyatlariga mos ravishda muloqotda bo‘la olish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qo‘llay olishi kerak. bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo‘lida birgina texnologiyaga asoslangan o‘qitish uchramaydi. odatda, o‘qitishda bir necha texnologiyalarning elementlari birdaniga qo‘llaniladi, chunki pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini to‘liqligicha egallovchi loyiha, yaxlitlilik, natija, ya’ni o‘quv jarayonini inson va texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniq maqsad, natijaga yo‘naltirilgan jarayondir.

O‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv-tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, usul, metod va texnologiya tushunchalarining farqlay olishlari, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) “Assesment” metodlari, “Bumerang”, “Skarabey”, “Charxpalak”, “Rezyume” “Keys-stadi” va shu kabi texnologiyalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari va ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim.

Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.

Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.

Yuklab olish

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan