Matematika — fanlar shoxi 4- sinf uchun tadbir ssenariysi

Tadbir o‘tkazilayotgan joy bayramona ruhda bezatiladi. Devorda al-Xorazmiy surati aks ettirilib, uning atrofida matematika faniga doir so‘zlar yoziladi. Tadbir quvnoq musiqa sadolari bilan boshlanadi. Sahnaga milliy kiyingan ikki nafar o‘quvchi chiqib keladi.

1- boshlovchi: Assalom, yurtimizning bilimga boy maskani!
Assalom, ey ilm-u fanning sohib-u davronlari!
Davramizga xush kelibsiz, elning sharaf-shonlari,
Siz kelajak bunyodkori, topqir-u zukkolari!
2- boshlovchi: Matematik tadbirda bo‘ling deymiz siz shodon,
Jilo bersin davraga turfa xil she’r betakror.
Qiziq topshiriq, misol sizga bo‘lsin armug‘on,
Bobomiz al-Xorazmiy ruhi bo‘lsin madadkor!
1- boshlovchi: — Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, bilimga chanqoq o‘quvchilar!
2- boshlovchi: — Bugungi bayram tadbirimizni hisob-kitob ilmi — matematika faniga bag‘ishladik.
1- boshlovchi: — Tadbirimiz rang-barang she’r va quvnoq topshiriqlarga boy.
2- boshlovchi: — Qani, aziz tengdoshlar! Matematika fani bizga nimalarni o‘rgatar ekan?

Yuklab olish

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan