Boshlang’ich sinflarda karra jadvalini o’quvchilarga yodlatishni yangi usullari.

                                               Quvnoq matematika

 

Boshlang`ich sinf o`quvchilari orasida ba`zan karra jadvalini o`rganishga qiynaladigan bolalar ham uchrab turadi.Ana shunday vaziyatda o`qituvchining izlanuvchanligi va ijodkorligi bolajonlarga mavzuni tez va oson o`zlashtirishga  yordam beradi.Men har bir dars jarayonida o`quvchilarning yoshiga mos ,qiziqarli ,hazil-mutoyiba tarzidagi she`riy  misralarni o`ylab topishga harakat qilaman.She`r yodlayotgan bola bir vaqtning o`zida ham mehnat ,ham o`yin zavqidan bahra oladi hamda uning diqqati jamlanadi ,xotirasi mustahkamlanadi,nutqi ravon bo`ladi.

Barcha mavzular bir xillikdan qochgan holda o`yinlar orqali olib borilsa albatta yaxshi natijalarga erishamiz.Qo`yidagilarni siz ham qo`llab ko`ring,aziz hamkasblar.

 O`qituvchi: – Aziz o`quvchilar karra jadvalini o`rganishga qiynalyapsizmi?. Karra jadvalini shoshmasdan,tushunib yodlasangiz hech ham qiynalmaysiz.Keling birgalikda kayfiyatimizni ko`targan holda mana bunday she`riy tarzda yodlaymiz.

  1. Birlashing birlikda kuch,

Yetti karra to`qqiz oltmish uch.

  1. Terak shoxi bo`lar mo`rt,

Ikki karra yetti o`n to`rt.

  1. Ikki yarim bir yorti,

Olti karra olti o`ttiz olti.

  1. Sanashni o`rgan oyqiz ,

Yetti karra yetti qirq to`qqiz.

  1. Egri yo`ldan yugurma ,

Besh karra to`rt yigirma.

  1. O`rmonda yurar ukki,

Olti karra yetti qirq ikki.

  1. Senimi shoshmay tur,

Uch karra yetti yigirma bir.

  1. Matematikada juda ko`p sir,

To`qqiz karra to`qqiz sakson bir.

  1. Tishlarim bor o`ttiz ikki,

Ikki karra olti o`n ikki.

Aziz bolajonlar sehrli alfavit yordamida katakchalardagi sonlarni harflarga almashtirib ,yashiringan so`zlarni topsangiz, maqollar javoningizga yana bir maqolni qo`shib qo`ygan bo`lasiz.

 

 

23 14 27 11 8 10 3 1   14 11 8 13 6 1 13   2 8 11 8 12
19 14 27 6 1   25 23 8 11 6 1 13   13 1 16 27 3 8 17  

 

 

 

Yoshlikda olingan bilim

Toshga o`yilga naqshdir.

 

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan