1 sinflar uchun “Vatan – bu ….. she’ri .”

                   

Mavzu: Vatan – bu ….. she’ri .
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Vatan, ona, mehr.

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha tarifi: Vatanga bolgan mehrni orgatadi.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.

Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.

Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.

Darsning maqsadi
Maqsadlar:

Talimiy: Oquvchilarga Vatan haqida, Mustaqil diyorimiz haqida, Vatan ostonadan boshlanashi haqida tushuncha beriladi. Vatanning buyuk ajdodlari vatan ravnaqiga qo’shgan hissalari haqida ma’lumot berish. Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.

Tarbiyaviy: Kindik qoni to’kilgan ostonaga , Buyuk vatanga bo’lgan mehr muhabbat ruhida tarbiyalash va axloqiy fazilatlarni singdirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini , lug’at ustida ishlash, mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni Metod Vaqt
1-bosqich

Tashkiliy qism

O’quvchilar  davomati aniqlanadi.Sinf o’quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi “ Tez  javob” didaktik o’yini 2 daqiqa
2-bosqich

Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)

Dars shiori tanlanadi.Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi. Suhbat 2 daqiqa
3- bosqich

Darsning borishi

1.O’tgan darsni so’rab, o’qish malakalarini tekshirish.

2. Test topshiriqlari.

3.”To’g’risini top” o’yini o’ynaladi.

4. Mavzuni o’qishga tayyorgarlik, muallif haqida ma’lumot beriladi.

5.Mavzu animatsiyali lavha orqali taqdim etiladi.

6.Lug’at ishi

7.Dam olish daqiqasi.

Savol-javob

 

Izlanish

 

Izlanish

 

Suhbat

 

Namoyish

4 daqiqa

 

5 daqiqa

4 daqiqa

5 daqiqa

 

3 daqiqa

 

 

4 daqiqa

1 daqiqa

4-bosqich

Mustahkamlash

1.Sh’r ifodali qilib o’qiladi va “Yosh aktyor” o’yini o’ynaladi.

2.Darslikdagi savollarga javob topiladi.

 

Doska bilan ishlash

Munozara

 

 

 

10 daqiqa

 

2 daqiqa

 

 

 

5-bosqich

Dars yakuni va baholash

O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib,reytingi e’lon qilinadi.Dars yakunlanadi. Baholash 2 daqiqa
6-bosqich

Uyga vazifa berish

Mavzuni o’qib o’rganib kelish. Tushuntirish 1 daqiqa

 

I.Tashkiliy qism.

II . O’tilgan mavzularni takrorlash.

Alifbe fanidan o’tilgan mavzulardan savol- javoblar qilinadi va o’quvchilarning bilimlari tekshiriladi, mustahkamlanadi.

  1. Alifbo qaysi harf bilan boshlanadi ? Alifbo A   harfi bilan boshlanadi. A B D E F …
  2. Alifboda nechta harf bor ? Alifboda 29 ta harf bor.
  3. Alifbe kitobidan qaysi she’rlarni yod oldingiz ? ………

 

III. Yangi mavzu ustida ishlash.

O’qish kitobi bilan tanishtiriladi. Mualliflari Tal’at G‘afforova, Ergash Shodmonov, G.Eshturdiyevalar tanishtirilib o’tiladi.

 

Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart.

Islom Karimov.

 

O’zbekiston – mening vatanim.

 

Vatan – bu ….

Vatan deganim bu –              Vatan deganim  bu —                           Aslida Vatan bu —

Yurak deganim,                     Yurak deganim,                                  Tug’ilgan joyim,

Yurakka Vatanim                            Birov – biroviga                         Birinchi qadamim

Kerak deganim.                               Kerak deganim                          Yetgan qo’rg’onim.

 

 

  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Savol:

  1. Vatan deganda nimani tushunasiz ?

Maqol :

Vatani borning baxti bor

 

Savol va maqol orqali o’quvchilarning dars davomida olgan bilimlari aniqlanadi va bilimlari mustahkamlanadi.

 

  1. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash .

Bugungi darsda o’tilgan mavzu yana bir bor eslatiladi va dars davomida qatnashgan o’quvchilar baholanadi. “Vatan – bu … ” she’rini yod olib kelish vazifa qilib beriladi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan