Maktab direktorining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari vazifalari

Maktab direktorining o’kuv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari bevosita maktab direktoriga buysunadi.
Maktab direktorining o’kuv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosariga bevosita: (1) o’kituvchilar, (2) o’kuvchilar, (3) laboratoriya xodimlari bo’ysunadi.
Maktab direktorining o’kuv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari o’z vakolatlari doirasida kuyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
Pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istikbol rejalashtirilishini tashkil etadi.
Ukituvchilar va boshka pedagog xodimlarning o’kuv rejalarini va dasturlarini bajarish bo’yicha ishlarini muvofiklashtiradi.
Zaruriy o’kuv-uslubiy xujjatlar ishlab chikilishini tashkil etadi va muvofiklashtiradi.
Ta’lim jarayonining sifatini va o’kuvchilarning ta’limiy tayyorgarlik natijalari ob’ektiv ravishda baxolanishi, fan tugaraklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat kiladi; maktab pedagog xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan darslar va o’kuv mashgulotlarining boshka turlariga tashrif buyuradi (o’kuv yilidavomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini taxlil kiladi, taxlil natijalarini pedagoglarga ma’lum kiladi.
Imtixonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish ishlarini tashkil etadi.
Ota-onalar uchun ma’rifat ishlarini tashkil etadi, o’kuv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) kabul kiladi.
Pedagog xodimlarga yangi (innovatsion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chikishda yordam beradi.
Ukuv mashgulotlari va ta’lim faoliyati boshka turlarining jadvallarini tuzadi, vaktinchalik yo’k bo’lgan o’kituvchilarning darslar sifatli va o’z vaktida almashtirilishini ta’minlaydi, koldirilgan va boshka o’kituvchi o’rniga o’tilgan darslarni kayd kilish jurnalini yuritadi.
Belgilangan xisobot xujjatlari o’z vaktida tuzilishini ta’minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshka xujjatlar to’gri va o’z vaktida yuritilishini nazorat kiladi.
Pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga ko’yishda ishtirok etadi, ularning malakasini va kasbiy maxoratini oshirish ishlarini tashkil etadi, uslubiy birlashmalar ishiga raxbarlik kiladi o’z malakasini oshiradi.
Maktab pedagog va boshka xodimlarini attestatsiyadan o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishda ishtirok etadi, pedagoglar o’kuv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaktini xisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab direktoriga topshiradi.
Direktorning ma’muriy-xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari ishtirokida o’kuv xonalari, ustaxonalar, sport zali xamda yordamchi xonalarni pasportlashtirish o’z vaktida va sifatli o’tkazilishini tashkil etadi.
Mexnatni muxofaza kilish bo’yicha yuriknomalar xamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarda xavfsizlik texnikasi bo’yicha bo’limlar ishlab chikilishini tashkil etadi.
Direktorning tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari bilan xamkorlikda yo’l xarakati, suvda va ko’cha-kuyda o’zini tutish, yongin xavfsizligi koidalarini o’rgatish uslubiyati va tartibini belgilaydi, o’kuvchilar bilimlarini tekshiruvdan o’tkazishni amalga oshiradi.
Kasaba ko’mitasi bilan xamkorlikda o’kuv asboblari va jixozlari, kimyoviy reaktivlar, ko’rgazmali kurollar, maktab mebelidan foydalanish va saklash xavfsizligining ma’muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi. Namunaviy ro’yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruxsatnoma- dalolatnomasiz ustaxonalarda, o’kuv xonalari va boshka xonalarda o’rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o’kuv jixozlari va asboblarini olib ko’yish choralarini o’z vaktida ko’radi, ta’lim muassasasi xonalari xodimlar va o’kuvchilarning sogligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayonini to’xtatib turadi.
Maktabda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o’rniga munosib bo’lgan axlokiy me’yorlarga amal kiladi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan